18:18 / 09.12.2020
6136

70ta qashshoq mamlakat aholisining katta qismi koronavirusga qarshi emlanish imkoniga ega emasligi ma'lum qilindi

Pfizer kompaniyasining 96 foiz vaksinasini g‘arb davlatlari sotib olgan. Moderna vaksinasini ham rivojlangan davlatlargina sotib olishi mumkin va har ikki kompaniya vaksinalari narxi qimmat.

Foto: EPA

70ta qashshoq mamlakat sotib olgan koronavirusga qarshi vaksina ular aholisining 10 foizini emlashga yetadi. Bu haqda Amnesty International tashkiloti ma'lum qildi.

 Qayd etilishicha, Yer aholisining 14 foizi yashaydigan rivojlangan mamlakatlar o‘zlarini istiqbolli vaksinalar bilan allaqachon ta'minlab bo‘ldi.  

 Ayni vaqtda 70ta qashshoq mamlakatda yashovchi har o‘n kishidan to‘qqiz nafari kelasi yili koronavirusga qarshi emlanmaydi, chunki vaksinaning katta qismi sotib olib bo‘lingan.

Pfizer kompaniyasining 96 foiz vaksinasini g‘arb davlatlari sotib olgan. Moderna vaksinasini ham rivojlangan davlatlargina sotib olishi mumkin va har ikki kompaniya vaksinalari narxi qimmat. AstraZeneca esa vaksinasining 64 foizini rivojlanayotgan davlatlarga jo‘natmoqchi.

Milliarder Bill Geyts vaksinalar barcha mamlakatlarga, ayniqsa unchalik rivojlanmagan mamlakatlarga adolatli tarzda taqsimlanishi uchun ko‘p ish qilish kerakligini, vaksinaga ega bo‘lish boylik darajasiga bog‘liq bo‘lmasligi kerakligini aytgandi.

Avvalroq Kanada har bir fuqarosi uchun to‘rt dozadan COVID-vaksina sotib olgani xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top