10:38 / 09.12.2020
10433
MIB Shayxontohurdagi maktabda bolasini talashgan er-xotin bo‘yicha bayonot berdi

Joriy yilning 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Shayxontohurdagi 19-maktabda ota-ona farzandini talashmoqda”  nomli videolavha tarqaldi. Unda voyaga yetmagan qiz bir necha kishi tomonidan tortqilab olib ketishga harakat qilingan, voqea joyida bo‘lgan ichki ishlar xodimi to‘planganlarni tinchlantirishga uringan. Mazkur holat MIB Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Videodan kadr

Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, voyaga yetmagan X.R.ni onasi X.M. tarbiyasiga olib berish va uning yashash manzili Toshkent shahar Chilonzor tumani, Do‘mbirobod MFY etib belgilash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan. Shu kunning o‘zida MIB tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ushbu ijro varaqada ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat berilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ajrimiga ko‘ra, hal qiluv qarorining ijrosi kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan va ushbu sudning “kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirish” to‘g‘risidagi ajrimiga asosan ijro hujjati tiklangan.  

MIB Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochilari bir necha bor qarzdorning yashash manzili, ya'ni Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Maxtumquli ko‘chasiga borganda, tayinlangan majburiy ijro harakatlari davomida voyaga yetmagan X.R. onasi X.M. bilan borishdan bosh tortganligi, shundan so‘ng Shayxontohur tumani hududidagi 19-maktabda olib borilgan ijro harakatlari kuzatuvchilar tomonidan videotasvirga olingani va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganligi ma'lum bo‘ldi. 

Shuningdek, qarzdordan undiruvchiga (otadan ona tarbiyasiga olib berish)  bo‘yicha ijro hujjati yuzasidan voyaga yetmagan X.R. onasi X.M. bilan borishdan bosh tortganligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilganligi aniqlangan.

Top