16:00 / 09.12.2020
3989
“Qizim uchun yashashim kerak” – yolg‘iz ona yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Hayot sinovlardan iborat. Ularni yengib o‘tish uchun esa katta matonat va sabr zarur. Navoiy shahrida yashovchi yolg‘iz ona Mohigul Nazarova ham mana bir yildirki, kutilmaganda berilgan sinov – og‘ir dardni sabr bilan yengib o‘tishga intilib kelmoqda. Ammo bugunga kelib, boshidagi o‘simta tufayli uning ahvoli tobora og‘irlashib boryapti. Har 15 kunda shifoxonaga yotishga hamda qon quydirishga majbur bo‘lmoqda.

Mohigul Nazarova

35 yoshdaman. O‘zim viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida kichik tibbiy xodim bo‘lib ishlardim. O‘zim yolg‘iz onaman, qizim 4-sinfga boradi. 1 yil oldin og‘ir betob bo‘lib qoldim. Avvaliga boshim og‘rib, kamqonlik tashxisi bilan davolanib yurdim. Keyinchalik boshimda o‘simta borligi ma'lum bo‘ldi. Topgan pulim dori-darmonga ketmoqda, — deydi Mohigul Nazarova.

Ayni kunlarda ushbu yurtdoshimizga operatsiyasi uchun 35 mln so‘m mablag‘ zarur. Shifokorlar agar operatsiya o‘z vaqtida amalga oshirilsa, bemor tuzalib ketishini aytishmoqda.

— Hozirda Navoiy shahar hokimligiga qarashli yotoqxonada yashayapmiz. Men va qizimga onam qarayapti. Sotishga arzigulik mulkimiz yo‘q. Yana oyoqqa turib ketsam, ishlasam deyman. Qizim uchun yashashim kerak, u hali juda kichik, — deydi ko‘ziga yosh olib Mohigul Nazarova.

Yaxshilar ko‘magiga muhtoj bo‘layotgan yolg‘iz onaga ko‘mak beraylik. Sinovli kunlarni yengib o‘tishda unga dalda bo‘laylik.         

Mohigul Nazarovaga pul o‘tkazish uchun:

“O‘zkard” plastik karta: 8600060491630951
(Mohigul Nazarova nomida)

“Humo” plastik karta: 9860040113662452

Telefon raqami: +99890-618-89-07

Onasining raqami: +99893-089-91-61

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top