15:18 / 09.12.2020
6107

Respublika bolalar suyak sili sanatoriysiga bosh vrach tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Respublika bolalar suyak sili sanatoriysi bosh vrachi lavozimiga Asilbek Ahmadjonov tayinlandi.

«Unga respublikada bolalar suyak sili profilaktikasi, diagnostikasi va innovatsion reabilitatsiya usullarini keng tatbiq etish, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash, ilmiy xodimlar va shifokorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda sanatoriyda bemorlar uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi qator vazifalar yuklatildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Asilbek Ahmadjonov

45 yoshli tibbiyot fanlari nomzodi A. Ahmadjonov shu vaqtgacha Sog‘liqni saqlash vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bolalar suyak sili sanatoriyasiga shu yilning fevralidan buyon Ozodjon Abdirahmonovich Kuliyev rahbarlik qilib kelayotgandi.

Top