17:49 / 09.12.2020
2078
Xalq ta'limi vazirligi «Sayyor qabul oyligi» o‘tkazmoqda
Foto: Xalq ta'limi vazirligi

Joriy yilning 10 dekabridan 2021 yilning 10 yanvariga qadar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan «Sayyor qabul oyligi» e'lon qilinadi. Bu haqda XTV axborot xizmati ma'lum qildi.

Joylarda bo‘lib o‘tadigan qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq ta'limi tizimida olib borilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilishdan iborat.

Hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazish jadvali va manzili XTV rasmiy sahifalarida e'lon qilingan.

Top