13:27 / 09.12.2020
3871
Zominda barpo etilayotgan jome masjidi qurilishiga hissa qo‘shing

2019 yilning may oyida Zomin tumanida joylashgan «G‘allakor» mahallasi hududida «Boymoqli» jome masjidi qurilishi ishlari to‘liq hashar yo‘li bilan boshlangan edi. Ayni paytda ustalar bilan bir qatorda mahalliy aholi ham qurilish ishlariga qarashib kelmoqda.

8 qirrali aylana shaklida barpo etilayotgan mazkur masjid perimetri 21 metrga 21 metr hajmda bo‘lib, gumbazining eng yuqori nuqtasi 25 metr balandlikda bo‘ladi.

Masjid bitgach bu yerda bir vaqtning o‘zida 860 nafar yurtdoshlarimiz namoz o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Masjid Zomin tumanining «Paxtakor» mahallasi, Sirgali, Quyonoqli, Surxonobod va Boymoqli qishloqlari aholisi uchun qulay joyda bunyod etilmoqda.

«Masjid qurish, uni obod qilish Alloh ulkan savobni va'da qilgan afzal amallardan bo‘lib, u inson vafotidan keyin ham savobi to‘xtamay yozilib turadigan sadaqai joriya hisoblanadi», — deydi «Boymoqli» masjidi bosh imom xatibi Lutfullo Mirzaqulov.

Allohning kalomida keltirilgan va Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tasdiqlagan ulug‘ ajrga sazovor bo‘lish, masjid qurish savobiga sherik bo‘lish niyatidagi yurtdoshlarimizni Allohning uyini barpo qilishga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.

Masjid qurilishi uchun ehson qilish niyatida bo‘lsangiz, ushbu hisob raqamlariga o‘z ehsonlaringizni o‘tkazishingiz mumkin:

Uzcard: 8600 1104 5201 6862 (Urunov Ulug‘bek nomida)

HUMO: 9860 1501 0108 2280 (Urunov Ulug‘bek nomida)

Sberbank: 5469 1000 1209 7458 (Muhammadsolih Nurmatov nomida)

PAYNET orqali: (99) 726 – 07 – 44 Uzmobile GSM

Lutfullo Mirzaqulov «Boymoqli» masjidi bosh imom xatibi.

Murojaat uchun: 99-592-01-63.

Shuhrat Yunusov tayyorladi

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top