11:00 / 10.12.2020
2521
Alfraganus savdo mavzesi hududida tashrif buyuruvchilarni nimalar kutmoqda?

Bizning Uylar kompaniyasi Alfraganus yangi tijorat ko‘chmas mulki loyihasining afzalliklari haqida hikoya qiladi.

Alfraganus – bu savdo va xizmatlarni rivojlantirish uchun biznes maydonining yangi shakli. Zamonaviy mavze nafaqat savdo binolari joylashadigan ixcham ko‘chalar, balki katta savdo maydoni, muhim jamoat joyiga ham aylanadi. Uning keng hududi 118000 kvadrat metrni tashkil etadi.

Savdo mavzesida ochiq terrasalari mavjud bir va ikki qavatli binolar bunyod etiladi. Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish uchun obektning butun atrofi tematik sohalarga bo‘linadi. Tashqi dizayni bilan ajralib turadigan ko‘chalarning har biri ma'lum turdagi tovarlar savdosi yoki xizmatlar ko‘rsatishi bilan farqlanadi. Bu yerdan ovqatlanish nuqtasidan tortib avtomobillar salonigacha topishingiz mumkin bo‘ladi.

Alfraganus hududida ko‘p sonli ovqatlanish shoxobchalarining turli formatlari bunyod etiladi. Ko‘ngil ochish uchun mavzening alohida maydonida – attraksionlar, o‘yin avtomatlari, bolalar va o‘smirlar uchun o‘yin maydonchalari, qoyaga chiqishga mo‘ljallangan maxsus devor, kvest xonalar, bouling, lazertag va boshqalar tashkil etiladi. Shuningdek, ko‘plab savdo do‘konlari quriladi. Savdo tarmoqlarining eng yirik vakillarini keng ko‘lamli katta do‘konlar kutmoqda.

Poytaxt markazidagi qulay joylashuv esa asosan mijozlar tomonidan talab, qiziqish va tashrif buyurish oshishiga imkon beradi. Bu yerga shaharning deyarli hamma joylaridan yetib kelish oson. Savdo mavzesi yaqinidan transport harakati gavjum hisoblangan markaziy avtomagistrallar o‘tgan. Avtomobil egalari uchun hududga kirish va chiqish qulay va keng ko‘lamli aylana avtoturargoh loyihalangan.

Bu yerda kerakli xaridlarni amalga oshirasiz, sevimli restoraningizda tushlik qilasiz yoki ko‘ngilochar maskanga kirasiz. Har kuni turli xaridlar hamda xizmatlardan foydalanish uchun maskanning betakror ko‘chalarida sayr qilishingiz mumkin. Alfraganus’ning cheksiz dunyosini kashf eting!

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top