19:29 / 10.12.2020
18635
Dunyodagi eng boy bankir vafot etdi

Forbes Banco Safra asoschisi va egasining boyligini 23,2 mlrd dollar deb baholagan hamda uni «dunyodagi eng boy bankir» va eng boy braziliyalik deb e'tirof etgan.

Foto: Getty Images

Braziliyada mamlakatning eng boy kishilaridan biri Jozef (Joze) Safra 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Veja nashri xabar berdi.  

Forbes Banco Safra asoschisi va egasining boyligini 23,2 mlrd dollar deb baholagan hamda uni «dunyodagi eng boy bankir» va eng boy braziliyalik deb e'tirof etgan.

 Chiquita Brands International kompaniyasining teng yarim ulushi egasi ham bo‘lgan Safra Forbes milliarderlar reytingida 39-o‘rinda qayd etilgan.

 Safra — usmoniylar imperiyasi davrida Suriyada yashagan yahudiy moliyachilar sulolasi vakili. XX asr boshlarida Safra sulolasi usmoniylar imperiyasining eng boy bankiriga aylangan. Turkiya Birinchi jahon urushida mag‘lub bo‘lgach, Jozefning otasi Yakob Safra Bayrutga ko‘chib o‘tgan. Safralar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaqin Sharqni tark etishgan va 1952 yildan Braziliyada yashay boshlashgan.

Top