16:00 / 10.12.2020
1627
Hyundai robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics kompaniyasini sotib oldi

Hyundai 2025 yilga kelib robototexnikaga 1,5 trln vongacha (1,4 mlrd dollar) investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

Foto: Boston Dynamics

Koreyaning Hyundai avtokonserni Yaponiyaning SoftBank xoldingidan robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda The Korea Economic Daily nashri xabar berdi.  

Nashrning yozishicha, shartnoma qiymati 1 trillion vonga yaqin (921 mln dollar atrofida). Qayd etilishicha, Hyundai Motor shartnoma qiymatining yarmini to‘laydi, qolgan qismini esa uning shu'ba kompaniyalari to‘laydi.

The Korea Economic Daily nashrining qayd etishicha, Hyundai 2025 yilga kelib robototexnikaga 1,5 trln vongacha (1,4 mlrd dollar) investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Avvalroq Hyundai Motor raisi o‘rinbosari Eysun Chung kelgusida konsern biznesining 20 foizi robotlar ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelishini aytgandi.

Hyundai hozirda sanoat robotlarini ishlab chiqarmoqda. Bloomberg agentligining yozishicha, Boston Dynamics ko‘proq tadqiqot tashkilotini eslatadi, u «texnologik ilg‘or, antiqa, lekin norentabel» mashinalar ishlab chiqaradi.

Top