11:55 / 10.12.2020
16264
O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom 82 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

To‘lan Nizom 1938 yil 17 avgustda Andijon viloyati Bo‘z (hozirgi Bo‘ston) tumanida tavallud topgan. Andijon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi mas'ul kotibi, pedagogika bilim yurti direktori vazifalarida ishlagan.

Ijodkorning ilk she'riy to‘plami – “Sening ertaklaring” 1970 yilda nashr etilgan. Istiqlol yillarida shoir samarali ijod qildi. Qisqa davr ichida o‘ttizga yaqin doston yaratdi. Bu dostonlar bir qator adabiy nashrlarda hamda shoirning “Vatan haqida qo‘shiq”, “Oq gul” kabi to‘plamlarida e'lon qilindi. Uch jildlik “Saylanma”si, “Tabibnoma” majmuasi ham nashr etildi. 

To‘lan Nizom 1998 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Kun.uz marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Top