Avvalroq Sudan, BAA va Bahrayn Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagandi.
Isroil va Marokash diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.
"Navbatdagi tarixiy burilish. Bizning katta do‘stlarimiz – Isroil va Marokash to‘laqonli diplomatik munosabatlar to‘g‘risida kelishib oldi. Yaqin Sharqda tinchlikka erishishdagi ulkan muvaffaqiyat", deb yozdi u Twitter sahifasida.
AQSh prezidenti boshqa tafsilotlarni ma'lum qilmagan.
Tramp 23 oktyabrda Sudan va Isroil munosabatlarni yaxshilashga kirishganligini e'lon qilgandi. 15 sentyabrda esa Vashingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan aloqa o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.
Falastin mazkur kelishuvlarga qarshi chiqqan.