08:22 / 10.12.2020
16909
Uchta viloyatda Tergov boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi

O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Tergov departamenti tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Oqil Hasanov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Shohruh Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Guliston shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Zohidjon Qayumov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top