14:19 / 10.12.2020
3894
Yanvar-sentyabr oylarida 1,2 mlrd dollarlik bug‘doy import qilingan

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida bug‘doy importi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshgan.

Foto: KUN.UZ

10 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining videokonferensaloqa tarzidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunning mamlakat hududiga oziq-ovqat mahsulotini olib kirishga doir qismi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ijro etilishi holatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Majlisda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida bug‘doy importi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshganligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Malayziya va Ukrainadan olib kirilganligi ta'kidlandi.

Top