22:40 / 10.12.2020
10082

Yilning eng yaxshi smartfonlari ma'lum qilindi

Huawei Mate 40 Pro eng yaxshi kameraga ega smartfon deb topildi.

Foto: Huawei

DxOMark yil yakuniga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar nomini ma'lum qildi. Bu haqda GizmoChina nashri xabar bermoqda.

 Mutaxassislar uchta toifa bo‘yicha eng yaxshi smartfonlarni tanlab olishdi. Huawei Mate 40 Pro eng yaxshi kameraga ega smartfon deb topildi.

 Eng yaxshi zumga ega smartfon sifatida Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition e'tirof etildi.  

 Eng yaxshi ekranga ega smartfon toifasida Samsung Galaxy Note20 Ultra g‘olib bo‘ldi.  

 Mutaxassislar shuningdek, eng yaxshi aqlli karnayni ham aniqlashdi. Bu toifada Xiaomi XiaoAI Speaker HD tengsiz deb topildi.  

 Avvalroq bloger Markes Braunli o‘z obunachilari o‘rtasida o‘tkazgan sinov asosida Asus ZenFone 7 Pro’ni eng yaxshi kameraga ega smartfon deb atagandi. Braunli shuningdek, Huawei Mate 40 Pro, Xiaomi Mi 10 Ultra va Samsung Galaxy Note20 Ultra smartfonlariga yuqori baho bergan.

Mavzuga oid
Top