09:37 / 11.12.2020
6611

AQShda 5 velosipedchi yuk mashinasi ostida halok bo‘ldi

Foto: AP

AQShning Las-Vegas shahri yaqinida yuk mashinasi haydovchisi 20 kishidan iborat velosipedchilar guruhini urib yubordi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi

Nevada shtati yo‘l politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 erkak va bir ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Yana 4 velosipedchi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Bir kishi og‘ir ahvolda vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. 

Ta'kidlanishicha, velosipedchilar guruhiga hamrohlik qilgan mashina haydovchisi ham jarohat olgan. Yuk mashinasi haydovchisiga hech narsa qilmagan.

Yo‘l-transport hodisasiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan. 

Top