14:32 / 11.12.2020
2952

Davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Moliya vazirligi 2020 yilning III choragida O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e'lon qildi.

2020 yilning uchinchi choragida davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston hukumati nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 1,5 mlrd. dollarga;

- davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 1,3 mlrd. dollarga;

- 4 194,8 mlrd. so‘m miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi hamda 750 mlrd. so‘mga teng ichki qarzdorlik so‘ndirilishi natijasida davlat qimmatli qog‘ozlari qoldig‘i 3 444,8 mlrd. so‘mga oshdi.

Mavzuga oid
Top