08:23 / 11.12.2020
3183

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshirildi

MJTK va JKga tegishli tuzatishlar 2020 yil 3 dekabrdagi O‘RQ-653-son qonunda nazarda tutilgan. Bu haqda Norma xabar berdi.

JKning 198-moddasiga tuzatish kiritildi – endi uning dispozitsiyasiga daraxtlarni shikastlantirish va nobud qilish holatlari ham kiritildi, shuningdek modda sanksiyalarida nazarda tutilgan jarimalar miqdori oshirildi.

Bir qator o‘zgartirishlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ma'muriy javobgarlikka taalluqlidir.

Birinchidan, MJTKning 162-moddasi chiqarib tashlangan, biroq unda ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar – daraxtlarni, o‘simliklarni kesish, kundakov qilish va ko‘chirib o‘tkazish uchun javobgarlik saqlanib qolingan va MJTKning 79-moddasiga o‘tkazilgan. Ushbu moddada ham ayrim sanksiyalarga o‘zgartirish kiritilgan.

Ikkinchidan, MJTKning 91-1-moddasi bo‘yicha jarimalar oshirilgan:

Uchinchidan, quyidagi holatlar bo‘yicha ma'muriy javobgarlik joriy etilgan:

a) yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik uchun mansabdor shaxslarga 10 BHMdan 20 BHMgacha jarima solinadi;

b) maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash:

huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda fuqarolarga 5 BHMdan 10 BHMgacha, mansabdor shaxslarga 20 BHMdan 30 BHMgacha jarima solinadi;

xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda fuqarolarga 10 BHMdan 15 BHMgacha, mansabdor shaxslarga 30 BHMdan 50 BHMgacha jarima solinadi va huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyo musodara qilinadi.

Qonun 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.

Top