19:11 / 11.12.2020
26809
Moskva-Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Mazkur qatnov «O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport va Tashqi ishlar vazirliklari rahbariyatining rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralari natijasida pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatga olib kelish maqsadida tashkil qilindi. 

Foto: LiveJournal

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, qatnov 14, 21, 28 dekabr kunlari Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida  amalga oshiriladi. Poyezdlar Moskvadan mahalliy vaqt bilan O‘zbekiston poytaxtiga soat 22:28da jo‘naydi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni Moskva-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. 

«Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin» deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha ma'lumotlarni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Top