08:14 / 11.12.2020
853
Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda

2020 yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ruminiyaning favqulodda va muxtor elchisi Romeo Stanchuni qabul qildi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Ruminiya hamkorligining holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning Yevropa ittifoqi doirasidagi o‘zaro aloqalariga doir masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

O‘zbekiston tomoni Ruminiya bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishga, jumladan, Ruminiya bozoriga ko‘plab turdagi mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil qilish orqali o‘zaro savdoni kengaytirishga alohida ahamiyat beradi.

Muloqot so‘ngida vazir elchining O‘zbekiston-Ruminiya munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Romeo Stanchu, o‘z navbatida, Ruminiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlanganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Top