23:38 / 11.12.2020
2099
Tailandda koronavirusga qarshi 20ta vaksina ishlab chiqilayotgani ma'lum qilindi 

Tailandda koronavirusga qarshi 20ta vaksina ustida ishlar olib borilmoqda. Ulardan 3tasi bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bu haqda Tailandning Vaksinalar milliy instituti direktori Nakorn Premsri ma'lum qildi.    

“Ayni vaqtda 20ta vaksina ustida ishlar olib borilmoqda. Ulardan aksariyati hayvonlarda sinalmoqda. Vaksinalardan Chulalongkorn universiteti qoshidagi Tadqiqotlar sohasidagi ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan ishlab chiqilayotgan mRNA-vaksina, BioNet-Asia’ning DNK-vaksinasi va Baiya Phytopharm’ning vaksinasi bo‘yicha katta taraqqiyotga erishilgan”, deb ma'lum qilgan Premsri.

Uning ta'kidlashicha, Chulalongkorn universiteti vaksinasi odamlarda sinalishi uchun GMP xalqaro sertifikatini olishi lozim. “Tailandda bunday sertifikatni beruvchi korxona yo‘qligi sababli universitet vaksina tekshiruvini AQShda o‘tkazish uchun navbat olishi lozim”, deb tushuntirgan Premsri.  

Ushbu vaksinaning sinovlari ko‘ngillilarda oktyabrda boshlanishi kerak bo‘lgan, biroq ular GMP sertifikatlarini beruvchi xorijiy obektlarda ishlab chiqarish quvvatlari cheklangani sababli keyinga qoldirilgan. “Sinovlar ko‘chirilishi mRNA-vaksinalarni tekshirtirishga talab kattaligi bilan bog‘langan, chunki dunyoda faqat 7ta kompaniya GMP sertifikatini beradi”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.

Ta'kidlanishicha, ushbu vaksinani odamlarda sinash uchun 2021 yilning mart-aprelida sertifikatlash rejalashtirilgan. Sinovlarning o‘zi esa yana 9 oyga yaqin vaqt oladi.

Top