18:39 / 11.12.2020
7308

YeI mamlakatlari Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga kelishib oldi

Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlar rahbarlari Turkiyaga qarshi sanksiyalar paketini ma'qulladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Foto: AP

Sanksiyalar O‘rta yer dengizining bahsli hududlaridagi gaz konlarida razvedka ishlarini rejalashtirish va o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar hamda kompaniyalarga qarshi kiritiladi.

 Qayd etilishicha, sanksiyalarda Yevroittifoq hududiga kirishni taqiqlash va aktivlarni muzlatish ko‘zda tutilgan. Sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qarorni Yevropa Kengashi qabul qiladi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Gretsiya va Kipr Turkiyaga qarshi yanada keskin sanksiyalar kiritilishini talab qilmoqda. 

 Turkiya Gretsiya va Kipr o‘zlarining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda geologik razvedka ishlarini olib bormoqda. Bu Anqara va YeI o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Yevroparlament noyabr oxirlarida YeIni Turkiyaga qarshi keskin sanksiyalar kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

Top