12:30 / 12.12.2020
4682
All trip – maroqli parvoz va unutilmas sayohat

Sayohat qilishni sog‘indingizmi? Albatta, chegaralar ochilib, parvozlar qayta tiklanganidan keyin ko‘pchilikning xayolida shu savollar aylanishi tabiiy hol.

Umuman olganda, har qanday sharoitda ham biror joyga uchadigan bo‘lsak, odatda aviachiptani eng tez, qulay va muhimi, ishonchli joydan sotib olishga urinamiz. All trip bilan esa bular haqida o‘ylashga hojat yo‘q. Eng muhimi, qulay, tezkor va ishonchli. 

All trip kompaniyasi 2006 yildan buyon chiptalarni oflayn sotish bo‘yicha yetakchilik qilib keladi, bugunga qadar minglab yo‘nalishlarda milliondan ortiq chiptalarni rasmiylashtirgan.

All trip xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari ko‘magida yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish maqsadida 25 dan ortiq charter reyslarni tashkillashtirdi.

Bundan tashqari, call-markaz orqali kunning istalgan vaqtida savollaringizga javob olishingiz mumkin. Kompaniya ofislari Toshkent, Namangan va Moskvada joylashgan bo‘lib, uning malakali mutaxassislari mijozlarga qulay va hamyonbop sayohatni amalga oshirishga yordam berishadi.

All trip kompaniyasi mijozlariga parvozlarni tashkil qilish bo‘yicha 24/7 rejimi asosida qulay doimiy parvoz reyslar, charterlar va VIP charter xizmatlarini taklif qiladi. VIP-charter sizga siz uchun maxsus zamonaviy samolyotda qulay vaqtda kerakli joyda bo‘lish va xohlagan yo‘nalishda parvoz qila olish imkoniyatlarini beradi. Bu imkoniyat sizga doimiy reyslarga bog‘liq bo‘lmaslikka va shaxsiy rejalaringiz asosida sayohat qilishga imkon beradi!

All trip ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram: t.me/alltrip   

Facebook: fb.com/alltrip.uz

Instagram: @alltrip.uz

Veb-sayt: alltrip.uz  

Reklama huquqi asosida

Top