20:26 / 12.12.2020
22749

Armaniston Tog‘li Qorabog‘da yana hujum harakatlari boshlanganini ma'lum qildi

9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida kelishuv imzolangan va Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish to‘xtatilgandi. 

Foto: RIA Novosti

Ozarboyjon qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ janubidagi Xin Taglar va Xsaberd qishloqlari yo‘nalishida hujum boshladi, deb xabar bermoqda Armaniston mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“12 dekabr kuni Ozarboyjon tomoni Arsax respublikasining (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi) Xin Taglar va Xsaberd aholi maskanlari yo‘nalishida hujum harakatlarini boshladi. Mudofaa armiyasi tegishli harakatlarni amalga oshirmoqda”, — deyiladi xabarda.

27 sentyabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar avj olgandi. Bu urush har ikki mamlakat o‘rtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan o‘zaro qarama-qarshilikning eng jiddiysi bo‘ldi.

 9 noyabrda Rossiya vositachiligida uch tomonlama (Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida) kelishuv imzolandi va urush to‘xtadi.

 Kelishuvni Ozarboyjon g‘olib bo‘lganining isboti sifatida qabul qildi va 10 noyabr mamlakatda g‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Armaniston uchun esa kelishuv mag‘lubiyat sifatida baholandi.

Mavzuga oid
Top