17:51 / 12.12.2020
15989
FVV Tashkent city’dagi yong‘inga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi

Bugun, 12 dekabr kuni, soat 15:00larda Tashkent city majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlanadigan omborda yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in quruvchilarning ehtiyotsizligi tufayli ombordagi tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan chiqqan.

Soat 15:15da yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan. 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Top