08:14 / 12.12.2020
34958

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Beknazar Habibnazarovich Shaxanov

Podpolkovnik Beknazar Habibnazarovich Shaxanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Shaxanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Chimboy tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sabit Abdijamilovich Utambetov

Podpolkovnik Sabit Abdijamilovich Utambetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Chimboy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar S.Utambetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Oqil Axatovich Hasanov

Polkovnik Oqil Axatovich Hasanov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Xasanov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shohruh Shodiyevich Sharipov

Podpolkovnik Shohruh Shodiyevich Sharipov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Sharipov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Zohidjon Jumaboyevich Qayumov

Polkovnik Zohidjon Jumaboyevich Qayumov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Z.Qayumov Sirdaryo viloyati IIB Guliston shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Umidjon Esonqulovich Mavlonov

Podpolkovnik Umidjon Esonqulovich Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top