08:44 / 12.12.2020
4268

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 22,1 milliondan oshdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22,1 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 million kishini tashkil etmoqda.

«Magistral transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2ta loyiha yakunlandi. Natijada, respublika bo‘yicha 237ta obektda qurilmalar o‘rnatiladi», - dedi Sherzod Ahmatov.

Ma'lum qilinishicha, «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida rejalashtirilgan obektlarga qadar 19 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 55,6 ming kilometrga yetkazildi (yil rejasi 10 ming kilometr).

Top