08:45 / 12.12.2020
57238
Qaysi viloyatda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi davomida FHDYo organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilganlik holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘p.

Qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etilgani ma'lum bo‘lgan.

Ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda, Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya'ni har ming nafar aholiga 28 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng kam, ya'ni har ming nafar aholiga 20 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

Top