22:11 / 12.12.2020
8120
Qirg‘izistonda 18 kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

Dastlab 63 kishi prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgandi, ammo faqat 20 kishigina 30 mingta imzo to‘pladi hamda 1 mln som (12,5 ming dollar) garov puli qo‘ya oldi. 

Foto: Vladimir Pirogov

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 18 kishini respublika prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar orasida "Butun Kirgizstan" partiyasi yetakchisi Adaxan Madumarov, mamlakat prezidenti vazifasini bajargan Sadir Japarov, davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Abdil Segizbayev bor.

Dastlab 63 kishi prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgandi, ammo faqat 20 kishigina 30 mingta imzo to‘pladi hamda 1 mln som (12,5 ming dollar) garov puli qo‘ya oldi.  

 Prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Nomzodlar tashviqoti 15 dekabrdan boshlanadi.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Top