08:36 / 12.12.2020
2556
Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazi – barcha uchun birdek maskan

Seoul Mun konsepsiyasi savdo va dam olish markazini poytaxtning eng ko‘p tashrif buyuriladigan va eng mashhur joylaridan biriga aylantirishdan iborat.

Seoul Mun yangi savdo va dam olish markazi Toshkent markazida 40 ming kvadrat metr maydonda joylashgan. Bo‘rijar kanali qirg‘og‘ining 700 metri bo‘ylab cho‘ziladi. Unda obodonlashtirilgan sayr yo‘lagi, yuzlab do‘konlar, butiklar, kafelar, ko‘ngilochar va bolalar o‘yin maydonchalari va o‘yin markazlari joylashadi.

Seoul Mun loyihasi, birinchi navbatda, tashrif buyuruvchilarning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanishi uchun mo‘ljallangan. Buning uchun barcha jihatlarga alohida e'tibor berildi. Soy bo‘yidagi joylashuv, ajoyib landshaft noyob me'moriy yechimlar bilan birlashtirilgan. Suvga yaqin masofada bunyod etiladigan tijorat maydonlari bo‘ylab uch kilometrlik sayr yo‘laklari, funksional ommaviy dam olish joylari va boshqa ko‘plab narsalar albatta tashrif buyuruvchilarning katta oqimini jalb qiladi.

Seoul Mun’ning o‘ziga xos me'moriy konsepsiyasi xalqaro miqyosda ham tan olingan. Loyiha nufuzli Asia Pacific Property Awards tanlovida qatnashib «2019-2020 yildagi eng yaxshi dam olish me'morligi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. 2020 yil sentyabr oyida esa CRE Tashkent 2020 Markaziy Osiyo forumi doirasida Seoul Mun Cre Award maxsus nominatsiyasida «Yil konsepsiyasi» g‘olibiga aylandi.

Seoul Mun loyihasi shimoliy va janubiy tomonlariga bo‘linadi hamda kanalning ikki sohilini piyodalar ko‘prigi bog‘lab turadi. Loyihaning har bir tomonida uch qavatli ochiq terrasaga ega yuzlab savdo joylari bunyod etiladi. Har ikki tomonda ham savdo joylari bo‘ylab piyodalar yo‘lagi bo‘ladi. Barcha qavatlar eskalatorlar, liftlar va zinapoyalar tarmog‘i bilan o‘zaro bog‘lanadi. Avtomobil egalari uchun 550 ta avtomashinaga mo‘ljallangan qulay kirishga ega ko‘p qavatli avtoturargoh loyihalangan.

Shuningdek bu yerda dam olish va ko‘ngilochar maskanlar: bolalar maydonchalari, o‘yin avtomatlari, mahorat darslari uchun mualliflik ustaxonalari, spa salonlar, sport klublari va boshqa ko‘p narsalar joylashadi. Sifatli va barchaga birdek mos keladigan dam olish, xaridlar va xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan katta talab ulkan va ko‘p tarmoqli Seoul Mun loyihasini tashkil qilishga asosiy omil bo‘ldi.

Seoul Mun – bu poytaxt markazida soy bo‘yida joylashgan turli yosh va qiziqishdagi tashrif buyuruvchilar ehtiyojlarini qondira oladigan xaridlar va ko‘ngilochar maydon. Gavjum hududdagi yaxshi joylashuv afzalliklari shundaki, mazkur maskan har qanday biznes turi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Bu esa shubhasiz Seoul Mun loyihasini foydali sarmoyaga aylantiradi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top