16:02 / 12.12.2020
30626

Tashkent city’da yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 12 dekabr kuni, soat 14:53da Tashkent city hududidagi 6-lotda qurilayotgan uylardan birining yerto‘lasida yong‘in chiqdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qurilayotgan bino poydevorida saqlangan qurilish materiallari yongan. Yong‘in hududiga 2 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘inga qarshi va qutqaruv guruhlari yetib kelishgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun qutqaruvchilarga 15 daqiqa vaqt ketgan. Umumiy yong‘in maydoni taxminan 60 kvadrat metrni tashkil etadi. 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Top