08:52 / 12.12.2020
5713

Toshkentda poyga uyushtirgan avtobus haydovchilari bir yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi

Joriy yilning 5 dekabr kuni Toshkent shahrida 72- va 148 sonli avtobus yo‘nalishlari haydovchilari kimo‘zarga harakatlanib, to‘qnashuv sodir etgani xabar berilgandi. 

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Yashnobod tumani ma'muriy sudi tomonidan 2020 yil 11 dekabr sanasida mazkur holat ko‘rib chiqildi.

Toshkent shahar Yashnobod tumani ma'muriy sudi 2020 yil 4 dekabr kuni “2-avtobus saroyi” MChJga biriktirilgan 72-yo‘nalishdagi avtobus hamda  “5-avtobus saroyi” MChJga biriktirilgan 148-yo‘nalishdagi avtobus haydovchilari tomonidan sodir etilgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan huquqbuzarlik ishi yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnoma va to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128- va  134-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun har ikki haydovchiga nisbatan bir yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Top