20:13 / 13.12.2020
28885

14 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» 14 dekabr, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12—17 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund  tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund  tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund  tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund  tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top