11:00 / 13.12.2020
3284
Alfraganus: Tijorat binolarini tayyor ijarachi bilan xarid qiling

Ochiq osmon ostidagi savdo mavzesining o‘ziga xos konsepsiyasi tijorat binolarini sotib olishni istagan tadbirkorlar uchun foydali taklifdir.

Alfraganus savdo-ko‘ngilochar mavzesi poytaxtning Mirobod tumanida joylashgan bo‘lib, u turli xil xaridlar, sifatli xizmatlar va yangi, yorqin taassurotlarni izlayotganlar uchun ajoyib markazga aylanadi.

Loyihaning umumiy maydoni 230 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘ladi. Mavze hududi bir necha zonalar: kafe va restoranlar, kiyim-kechak va poyabzal, kichik va yirik elektronika, uy jihozlari, aksessuarlar, bolalar mahsulotlari do‘konlari, shuningdek yirik do‘konlar, maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mediapark va Ecobozor zamonaviy supermarketi kabilarga bo‘linadi.

Hammasi bo‘lib Alfraganus savdo mavzesi hududida maydoni 394 dan 2,867 kvadrat metrgacha bo‘lgan 534 ta bino joylashadi. Turli kvadratga ega joylar sizga bu yerda kichik dorixonadan tortib zamonaviy kinoteatr yoki avtosalon ochishgacha imkoniyat beradi.

Ijaraga berish uchun bino sotib olganlar uchun maxsus va juda qulay sharoitlar yaratilgan. Tijorat ko‘chmas mulki sohasida mahalliy va xorijiy mutaxassislardan tashkil topgan Alfraganus Academy'ning maxsus jamoasi joyga ijarachini topish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va huquqiy masalalarni o‘z zimmasiga oladi. Binobarin, siz nafaqat binolarni sotib olasiz, balki barqaror daromad keltiradigan ijara biznesining egasi bo‘lishingiz kafolatlanadi.

Alfraganus savdo mavzesi binolarining tashqi fasadlari mahsulot va xizmatlaringizning afzalliklarini namoyish etishning qo‘shimcha usuli hisoblanadi. Bu yerda uslubiy yechimlar bilan bir-biridan ajralib turadigan bir necha turdagi bino tashqi fasadlari amalga oshiriladi.

1500 dan ortiq avtomobil uchun mo‘ljallangan savdo markazining aylana avtoturargohi tashrif buyuruvchilar uchun yanada ko‘proq qulaylik yaratadi hamda majmuaning barcha mehmonlarini avtomobillarini qo‘yish uchun joy izlash muammosidan xalos etadi.

Alfraganus – biznesingiz uchun keng imkoniyatlar!

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top