11:20 / 13.12.2020
8970

Entoni Joshua uchta chempionlik kamarini himoya qildi 

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua superog‘ir vazn toifasida nufuzli boks versiyalari bo‘yicha uchta chempionlik kamarini himoya qila oldi. U Londonda o‘tgan 12 raundlik jangda bolgariyalik Kubrat Pulev ustidan nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Foto: EPA-EFE/Andrew Couldridge

Joshua jangning 9-raundida raqibini nokautga jo‘natdi. Bokschi WBA, WBO va IBF versiyalari bo‘yicha chempionlik unvonlarini birinchi marta himoya qila oldi. Joshua ushbu kamarlarni 2019 yil dekabrda amerikalik Endi Ruisga qarshi revansh-jangdagi g‘alabasidan keyin qaytarib olgandi. Bokschilar o‘rtasida 2019 yil iyunda o‘tgan ilk jangda Ruis texnik nokaut bilan 7-raundda g‘alaba qozongandi. Joshua bu mag‘lubiyatigacha IBF kamarini 6 marta, WBA kamarini 3 marta va WBO kamarini bir marta himoyalay olgan.

Endilikda 31 yoshli Joshuaning hisobida 24ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.

39 yoshli Pulev esa faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatga uchradi. Uning hisobida 28ta g‘alaba bor. Bolgariyalik bokschi ushbu jangni IBF chempionlik unvoniga da'vogar sifatida o‘tkazgan. 

Superog‘ir vazn toifasidagi to‘rtinchli nufuzli versiya – WBC’da britaniyalik Tayson Fyuri chempion hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top