03:08 / 13.12.2020
6613
La Liga. «Real» derbida g‘alaba qozonib, «Atletiko»ga chempionatdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi
Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 13-turida «Real» o‘z uyida «Atletiko» ustidan g‘alaba qozondi. Kazemironing bosh bilan kiritgan to‘pi va Oblakning avtogoli Diyego Simeone shogirdlariga ushbu chempionatdagi ilk mag‘lubiyatni keltirdi.

«Real» ochkolarini 23taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. 26 ochkoga ega «Atletiko» esa hamon peshqadam bo‘lib turibdi.  

La Liga, 13-tur

Real – Atletiko 2:0
12 dekabr, «Estadio Alfredo Di Stefano»
Gollar: Kazemiro (15), Oblak (63, avtogol).
Real – Kurtua, Varan, Karvaxal (Asensio, 79), Ramos, Mendi, Kazemiro, Kroos, Vaskes, Modrich (Valverde, 88), Vinisius (Rodrigo, 79), Benzema. 
Atletiko – Oblak, Felipe (Lemar, 46), Savich, Tripper, Ermoso, Lorente, Karrasko (Korrea, 46), Errera (Lodi, 46), Koke, Felish (Saul, 60), Suares (Kondogbia, 73).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (36), Lemar (46), Korrea (50), Savich (61).

Top