08:31 / 13.12.2020
4180

O‘zbekiston YHXBB tuman tushishi tufayli haydovchilarni ogohlantirdi

O‘zbekiston YHXBB mamlakat bo‘ylab tuman tushishi mumkinligini ma'lum qildi.

Shu sabab boshqarma haydovchilardan tuman sharoitida transport vositasi tezligini 10–20 kilometr/soatgacha kamaytirish, avtomobil chiroqlariga o‘zgartirish kiritmaslik va quvib o‘tish qoidalariga qat'iy amal qilishlarini, yo‘lovchilarni olishda va yo‘l chetidagi piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini hamda harakat vaqtida boshqa transport vositalari bilan oraliq masofa saqlashlarini so‘ragan.

Shuningdek, qalin tuman tushganda, avtomobillar orasidagi masofa katta bo‘lishi lozimligi eslatib o‘tilgan.

«Yo‘nalishni o‘zgartirganda yana ham ehtiyot bo‘lish talab etiladi, chunki siz burilmoqchi bo‘lgan yo‘lda piyodalar yoki boshqa transport vositalari bo‘lishi mumkin», – deyiladi YHXBB xabarida.

Boshqarma tomonidan tuman tarqalishini xavfsiz joyda kutib turish maslahat berilgan.

Top