12:10 / 13.12.2020
28477
Toshkentda avtobus haydovchilari yana «poyga uyushtirishdi»

11 dekabr soat 14:50larda 38 va 58-sonli avtobus haydovchilari Shota Rustaveli ko‘chacida poyga uyushtirishdi.

«Toshshahartransxizmat» haydovchilarning shaxsini aniqlagan.

12 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan ikki haydovchiga nisbatan yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani va avariya holatini sodir etgani uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5 moddasi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur moddaga asosan, haydovchilarga nisbatan BHMning besh baravari (1 115 000 so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida Toshkentda 72 va 148-avtobuslari poyga uyushtirgani sababli to‘qnashgan,  haydovchilar ikkisi ham darhol ishdan bo‘shatilgan, keyinroq ular bir yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan edi.

Top