11:43 / 14.12.2020
14003
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 15 dekabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,05 so‘mga oshgan va bir dollar 10 463,12 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 14,88 so‘mga ko‘tarilib, 12 671,88 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 2,40 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 143,45 so‘mni tashkil etgan.

 

Top