16:51 / 14.12.2020
21357
YeChL 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi. «Barselona» - «PSJ», «Atletiko» «Chelsi»ga qarshi

Bugun, 14 dekabr kuni UYeFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Foto: UEFA

YeChL. 1/8 final juftliklari:

«Borussiya» Menxengladbax – «Manchester Siti»

«Latsio» – «Bavariya»

«Atletiko» – «Chelsi»

«Leypsig» – «Liverpul»

«Portu» – «Yuventus»

«Barselona» – «PSJ»

«Sevilya» – «Borussiya» Dortmund

«Atalanta» – «Real Madrid»

Dastlabki o‘yinlar o‘z guruhida 2-o‘rinni olgan klublar maydonida, javob uchrashuvlari esa 1-o‘rinni olgan klublar maydonida o‘tkaziladi. 

Dastlabki uchrashuvlar 16-17, 23-24 fevral kunlari, javob bahslari 9-10, 16-17 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top