17:49 / 15.12.2020
9864
Kegeyli tumani hokimi o‘zgardi

Bugun, 15 dekabr kuni xalq deputatlari Kegeyli tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Joqarg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berishicha, rais Murat Kamalov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Davletbay Utemuratov Kegeyli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

U bu lavozimda 2016 yil oktyabridan buyon ishlab kelgan Muratbay Abdirov o‘rnida ish boshladi.

Ma'lumot uchun, Davletbay Utemuratov 2010-2019 yillarda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlagan, 2019 yil mayida u ishdan olinib, uning o‘rnini Roman Jumaboyev egallagandi.

Top