08:13 / 15.12.2020
6835

Namangan viloyatida ro‘y bergan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Joriy 12 dekabr kuni soat 08:40larda Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 64-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Ingichka MFY hududida “ZIL-130” rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etgan. Yana bir nafar yo‘lovchi va haydovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Qolgan ikki nafar yo‘lovchi ayollar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top