16:38 / 15.12.2020
3092
Qayerda bo‘lmasin, Allohning uyiga xizmat qilishning savobi bir xil – Chinozdagi masjid qurilishiga hissa qo‘shing!

Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga tashrif buyurdik.

Chinoz tumani va «Chinoz» jome masjidi bosh imom-xatibi Ziyoviddin domla Nortojiyevning aytishicha, hozirda foydalanilayotgan tumanning markaziy masjidi 150 yil avval qurilgan. Hozirda masjid juda eskirib, ta'mirlashga yaroqsiz holga kelib qolgan. Shu sababli, 2020 yilning fevral oyida yaqin atrofdan yer olinib yangi masjid qurish ishlari boshlangan.

Qurilish bo‘yicha mas'ullarning bizga ma'lum qilishicha, yangi jome masjidning maydoni deyarli 2 gektar yer maydonini egallaydi. Masjidning asosiy binosi yerto‘la bilan qo‘shib hisoblaganda 3200 namozxonga mo‘ljallab qurilmoqda. Masjidda, shuningdek, 41 metr balandlikdagi bitta minora, tahoratxona, ma'muriy binolar va avtomobillar turar joylari qurilishi nazarda tutilgan.

“Hozir masjid binosining birinchi qavati qurib bitkazildi, ikkinchi qavat asosiy xonaqohning gumbaziga kelib to‘xtalib qoldik. Hozirda gumbaz uchun ketadigan sement va temir kabi qurilish mahsulotlariga muhtoj bo‘lib turibmiz. Bu yil inshalloh binoni tepasini yopib olsak, kelasi yili harakat qilib, masjidni ochishni niyat qilib turibmiz. Bundan tashqari bizning oldimizda tahoratxona qurish, masjid atrofidagi eski binolarni buzib obodonlashtirish kabi ancha ishlarimiz ham bor.

Qayerda bo‘lmasin, Allohning uyiga xizmat qilishning savobi bir xil. Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislarida «Kim Alloh uchun bir masjid qursa, Alloh uning uchun jannatda bir uy bino qiladi», - deya marhamat qiladi. Masjid uchun bir g‘isht qo‘ysa, bitta mix olib kelsa ham, inshalloh o‘sha savoblar beriladi” – deydi jome masjidi imom xatibi Ziyoviddin Nortojiyev.

Ulug‘ ajrlarga sazovor bo‘lish, masjid qurish savobiga sherik bo‘lish niyatidagi yurtdoshlarimizni Allohning uyini barpo qilishga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid imom-xatibi Ziyoviddin Nortojiyev nomiga ochilgan kartalar:

Uzcard: 8600 0417 2800 2487

VISA: 4231 2000 0091 3748

Paynet orqali: +99899 467-32-13

Masjid qurilishi uchun ochilgan hisob raqami: 2021 2000 9040 3229 0002

INN: 202839815 MFO: 00476

«Chinoz» jome masjidi imom xatibi Nortojiyev Ziyoviddinning telefon raqami: +99897 545-74-74

Masjid imom noibi Razzoqov Muhammad Sodiq: +99899 402-32-13

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top