11:00 / 15.12.2020
3366
Seoul Mun: tijorat ko‘chmas mulkiga sarmoya kiritish uchun beshta sabab

Dream City kompaniyasi ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislari Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulkining yuqori rentabelligini belgilaydigan omillar haqida ma'lumot berdi.

Bugungi kunda ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish kapitalni oshirishning eng barqaror va xavfsiz variantlaridan biridir. Dream City Development kompaniyasi yetakchi xalqaro ekspertlari fikriga tayanib, tadbirkorlarga ko‘chmas mulkka sarmoya kiritishni taklif qiladi hamda nega aynan Seoul Mun eng daromadli takliflardan biri ekanligiga izoh berdi.

1. Loyiha daromadli ekanligini mustaqil ekspertlar tasdiqlagan

Dunyoga taniqli mustaqil maslahatchi kompaniyalardan – Knight Frank va Cushman & Wakefield Seoul Mun ko‘chmas mulkining daromadli ekanligini baholashmoqda. Knight Frank jahon bozorida 120 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Uning mutaxassislari Dubay shahridagi City Walk, Blue Waters, La Mer kabi yirik loyihalar ustida ishlashda ishtirok etishgan.

Knight Frank kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining yirik quruvchi tashkilotlari: Emaar va Nakheel bilan birgalikda Dream City Development’ning strategik sherigi hisoblanadi.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, bozorning hozirgi holati va rivojlanish prognozlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, poytaxtda tijorat ko‘chmas mulkiga talab sezilarli darajada oshadi va yaqin kelajakda ko‘rsatkichlar faqat o‘sib boradi.

2. Foydali joylashuv

Seoul Mun poytaxtning markazida ikkita katta ko‘chasi — Seul (sobiq Baynalmilal) va Bobur ko‘chalari kesishgan joyda joylashgan. Uning maydoni 40 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bo‘rijar kanali bo‘yidagi 700 metr uzunlikdagi ikki qirg‘oq zamonaviy tijorat va dam olish maskaniga aylantirilmoqda. Bu yerdan uchta markaziy metro bekatigacha piyoda borish mumkin. Xalqaro aeroportdan mashinada yetib kelishga 14 daqiqa vaqt ketadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qulay joylashuv va o‘ziga xos konsepsiyasi tufayli, loyihaning xizmat ko‘rsatish kengligi 5 kilometrdan ko‘proq masofani qamrab oladi. Bu esa yillik tashrif buyuruvchilarni aniqlashga imkon beradi. Maskanga yillik 4 000 000 dan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.

3. O‘ziga xos konsepsiya

Dream City Development kompaniyasi zamon talablariga javob beradigan va maksimal daromadli salohiyatga ega o‘ziga xos ko‘chmas mulk loyihalarini yaratadi. Seoul Mun loyihasi suv bo‘yidagi keng ko‘lamli ochiq maydonda bunyod etiladi. Shu tufayli siz poytaxt markazidan chiqmasdan qirg‘oq bo‘ylab sayr qilishingiz mumkin.

Hududda taqdim etiladigan tijorat xizmatlarining kengligi har xil qiziqish va yoshdagi mehmonlarni bu yerga jalb qilishga imkon beradi. Bu yerda tashrif buyuruvchilar xaridlarni amalga oshiradilar va savdo – ko‘ngilochar markaz hududida dam olishadi. Bundan tashqari, markazning shubhasiz afzalligi — bu tijorat binolari texnik parametrlarining katta tanlovidir. Xaridorlarga 15 dan 1000 kvadrat metr maydongacha hamda shift balandligi 6,5 metrga yetadigan joylar taklif etiladi.

4. Qurilish davridagi daromad

Dream City Development mutaxassislari qurilishning dastlabki bosqichida ko‘chmas mulkka sarmoya kiritishni maslahat berishadi. Savdo boshlanganda xaridorlarga eng past narxlar taklif etiladi va odatda binolarning kvadrati tanlovi kengroq bo‘ladi. Qurilishning rivojlanishi bilan ko‘chmas mulk likvidligi o‘sib boradi. Tayyor obektni topshirish vaqtida Seoul Mun kapitallashuvi 30% ga yetadi.

5. Muvaffaqiyatli biznes uchun beshta toifa

Tijorat binolari egalari uchun mutaxassislar biznesning turi va faoliyat turiga qarab loyiha hududida qulay joylashuvni loyihalashgan. Ovqatlanish nuqtasi, eksklyuziv kiyimlar do‘koni, ko‘ngilochar o‘yin maydonchasi, dorixona — mutaxassislar biznesingiz uchun eng foydali joyni tavsiya qilishadi, bu esa tashrif buyuruvchilarni maksimal darajada jalb qiladi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top