20:00 / 16.12.2020
3051

ECOBOX resirkulyatorlari: viruslarga qarshi ishonchli himoya va havo musaffoligi garovi

Resirkulyator — virus va mikroblardan ishonchli himoya!

Siz nafas olayotgan xonangizni, ishlaydigan ish joyingizni havodagi turli bakteriyalardan tozalab turasizmi? So‘nggi vaqtlarda odamlar orasida tez tarqalayotgan turli xil viruslar, tomoq-burun kasalliklari va shamollash, asosan, havodan yuqishi hech kimga sir emas. Shu sababli, o‘zingiz va atrofdagilar salomatligiga befarq bo‘lmasdan, zararli mikroorganizm va har qanday viruslarni parchalovchi zamonaviy vositalardan foydalanish vaqti keldi.

Pandemiya davrida kasalliklardan, ayniqsa, koronavirusdan himoyalanish masalasi nihoyatda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Ammo mana shunday paytda bozorga samarasi mavhum va funksiyasi aslida butunlay boshqa bo‘lsa-da, shu yo‘nalishda taqdim etilgan mahsulotlar ham kirib keldi. Aslida, viruslardan himoyalovchi vositalar aniq va ularni farqlay bilish lozim.

ECOBOX resirkulyatorlari ana shunday vositalardan biri bo‘lib, xonadagi bakteriya va mikroblarni samarali yo‘q qiladi.

Qanday qilib deysizmi?

Resirkulyator maxsus parraklari orqali xonadagi zararli havoni korpus ichiga tortib, Polshada ishlab chiqarilgan Philips (ozonsiz) ultrafiolet lampalari yordamida bakteriyalar bilan zararlangan havoni 253,7 nm darajadagi UV-C nurlanishi orqali zararsizlantiradi. Yuqoridagi jarayon kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm va viruslarni molekulyar darajada parchalashga sabab bo‘ladi. Tozalangan havo esa yuqori tuynuk orqali qayta xonaga chiqariladi.

Ushbu azonsiz ultrabinafsha (UV-C) nurlari bunday qurilma ichida, yopiq holatda yoqilgani sababli odamlar va jonivorlar bor joylarda foydalanish mutlaqo xavfsiz!

ECOBOX havo resirkulyatorlari uy sharoitida, ish ofislarida va jamoat joylarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, odamlar tez-tez qatnaydigan kasalxonalar, do‘konlar, restoranlarga ham ushbu apparatni o‘rnatish mumkin. Ushbu moslama o‘zingiz va yaqinlaringizni atrofdagi turli viruslardan himoyalashda yaqindan yordam beradi.

ECOBOX resirkulyatori o‘zida quyidagi bir qator foydali xususiyatlarni mujassamlashtirgan:

  • Moslama o‘zining UV-C bakteritsid lampasi yordamida zararli mikroorganizm va viruslarni samarali o‘ldiradi va zararli mikroorganizmlardan himoya qiladi.
  • Tovush chiqarish darajasi 45 db.dan oshmasligi sababli resirkulyator deyarli shovqinsiz ishlaydi.
  • Moslamaga o‘rnatilgan bakteritsid lampalarning xizmat muddati 8000 soatni tashkil etadi.
  • Resirkulyator katta maydonli xonalarni ham zararsizlantira oladi. 90 kv/m.dan katta maydonli xonalarni zararsizlantirish uchun 60 vattli resirkulyatorlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
  • O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, moslama to‘liq xavfsiz bo‘lib, muvofiqlik sertifikatiga ega.
  • Resirkulyatorlar ishlayotgan vaqtda ozonli kvarslash singari insonlar salomatligi uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Muhim eslatma: Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq, ishchi, xizmat, umumiy sanitar-gigiyenik uzel xonalarini, yirik sig‘im maydonlarini (xonalarini) va havo aylantirish tizimini ultrabinafsha zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash lozimligi qayd etildi.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash hamda odamlar salomatligini himoya qilishda resirkulyator moslamasi ajoyib tanlov bo‘la oladi. Hoziroq buyurtma bering. Mahsulotni butun respublika bo‘ylab yetkazib berish bepul.

Telefon: +99899 9961100    +99894 4208855

Sayt: ecobox.uz

Instagram: www.instagram.com/ecobox.uz/

Telegram: t.me/ECOBOX_uz

Reklama huquqi asosida

Top