19:03 / 16.12.2020
3825

FHDYo organlarida 473 nafar xodimdan 300 nafari attestatsiyasidan o‘ta olmagan

Ulardan 208 nafari ishdan bo‘shatiladi.

2020 yil 1 apreldan FHDYo organlari Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tgach, tizimda ishlayotgan kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida attestatsiya o‘tkazishga qaror qilingan.

Kun.uz agentlik axborot xizmatidan olgan ma'lumotga ko‘ra, attestatsiya jarayonida berilishi mumkin bo‘lgan savollar bilan barcha xodimlar 30 kun oldin tanishtirilgan. Savollar umumiy huquq sohasi, fuqarolik huquqi va islohotlar jarayoniga oid bo‘lgan.

Attestatsiyada jami 473 nafar xodimning bilim va kasbiy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilgan. Shundan 163 nafari egallab turgan lavozimiga loyiq, deb topilgan. 102 nafar xodim esa 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkazish sharti bilan sinovdan o‘tkazilgan.

Attestatsiyadan o‘ta olmagan 208 nafar xodim bilan mehnat shartnomalari belgilangan tartibda bekor qilinadi, deyiladi rasmiy relizda.

Qayd etilishicha, FHDYo organlarida jami 825 nafar xodim mehnat qiladi. Ularning 353 nafari bola parvarishi ta'tilida bo‘lgani bois attestatsiyadan o‘tkazish muddati kechiktirilgan.

Mavzuga oid
Top