18:51 / 16.12.2020
5822

Gulistonda «Save Aral» ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

2020 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yil 15 dekabr kuni Guliston shahrida «Yangi nafas» loyihasi asosida «Save Aral», ya'ni «Orolni qutqaramiz» shiori ostida ommaviy yugurish tadbirlari o‘tkazildi.

Marafon O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston triatlon hamda Yengil atletika federatsiyalari hamda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qariyb ming nafar aholi vakillari faol ishtirok etishdi. Ommaviy yugurish marafoni bayramona ruhda tashkillashtirilib, uning yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar 2021 yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Marafon g‘olib va sovrindorlari

2003-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida

O‘g‘il bolalar:

1. Ismoilov Islomjon

2. To‘ychiyev Nasimboy

3. Mahmudov Islombek

Qizlar:

1. Imomaliyeva Arofat

2. Turonova Nodira

3. Abdumalikova Mehruza

Kattalar o‘rtasida

Erkaklar:

1. Bekov Bekzod

2. Qosimov Mirzo

3. Qodirov Bekpo‘lat

Ayollar:

1. Antropova Darya

2. Shamirova Mohinur

3. Bondaletova Despina

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Yugurish marafonida «Eng keksa ishtirokchi», deb 62 yoshli Kavlyametov Medat topilgan bo‘lsa, 5 yoshli Tohirjonov Baxtiyorbek «Eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Ommaviy yugurish marafonini Sirdaryo viloyatida tashkil etishda Respublika ishchi guruhiga yaqindan ko‘maklashgani uchun viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining Ommaviy va bolalar sportini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov «Eng yaxshi tashkilotchi» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar, nominatsiyalar sohiblari va respublika ishchi guruhi vakillari viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda 20, 15 va 10 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top