23:56 / 16.12.2020
7614

Mayk Pompeo karantinga ketdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo koronavirusga chalingan kishi bilan muloqotda bo‘lgandan keyin karantinga ketdi. Bu haqda davlat departamenti vakiliga tayanib CNN telekanali xabar berdi. 

Foto: Evan Vucci, AP

Davlat departamentida ta'kidlanishicha, maxfiylik nuqtayi nazaridan infeksiyaga chalingan kishining shaxsi oshkor qilina olmaydi

Ma'lum qilinishicha, Pompeo koronavirusga manfiy test topshirgan, biroq yo‘riqnomalarga muvofiq, u karantinda bo‘ladi. “U davlat departamenti tibbiy xizmatining doimiy kuzatuvida bo‘ladi”, deb ma'lum qilingan xabarda. 

14 dekabrda AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh oliy rahbariyati BioNTech va Pfizer kompaniyalari vaksinasi bilan emlanishi boshlanishini e'lon qilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda 17,1 mlndan ko‘proq kishi virusga chalingan, 312 ming kishi undan vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top