22:37 / 16.12.2020
10049
Sobiq o‘qituvchi kir yuvish vositalari ortidan Xitoyning eng boy ayollaridan biriga aylandi

Pan Dong mamlakatda birinchilardan bo‘lib suyuq kir yuvish vositalarini ishlab chiqarishi natijasida milliarderga aylangan.

Foto: AP

Sobiq kimyo o‘qituvchisi Pan Dong Xitoyning eng boy ayollaridan biriga aylandi. U kir yuvish vositalari ishlab chiqaruvchi Blue Moon Group Holdings Ltd kompaniyasi boshqaruvi raisi hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg.

 Blue Moon aksiyalarining 77 foizga yaqini 8,8 milliard dollarga baholanmoqda. Kompaniya kir yuvish vositalari yetkazib beruvchi Xitoydagi eng yirik korxona hisoblanadi. Dong mamlakatda birinchilardan bo‘lib suyuq kir yuvish vositalarini ishlab chiqarishi natijasida milliarderga aylangan.

 Mahsulot ishlab chiqarishdagi yuqori xarajatlar sababli kompaniya dastlab zarar ko‘rgan. Ammo o‘tgan yili Blue Moon daromadi 909 million dollarga yetdi.

 Covid-19 tarqalishi 2020 yilning dastlabki olti oyida daromadning 39 foizga o‘sishiga sabab bo‘ldi. Blue Moon dekabrdagi IPO ortidan 1,27 milliard dollar jalb etdi.

Top