13:42 / 16.12.2020
10358

Toshkent shahrida ichimlik suvi narxini oshirish taklif etildi

Toshkent shahri hokimining «Toshkent shahrida ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Loyihada aytilishicha, «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ amaldagi tarifi bo‘yicha 2019 yilda 58,8 mlrd so‘m, 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd so‘m moliyaviy zarar ko‘rgan.

Tizimda yangi loyihalarni amalga oshirish, xorijiy kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish zarurligini inobatga olib, «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJning hozirgi kunda amalda bo‘lgan tarifini oshirish maqsadida quyidagi narx darajalarida belgilash taklif etiladi.

1 kubometr ichimlik suvi uchun tariflar:

  • aholi, budjet va ulgurji iste'molchilar uchun (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) 310 so‘mdan 500 so‘mga (161,2 foiz)ga
  • tijorat tashkilotlari uchun 730 so‘mdan 1500 so‘mga (205,4 foiz)ga o‘sishi;.

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

  • aholi, budjet va ulgurji iste'molchilar uchun (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) 250 so‘mdan 350 so‘mga (140 foiz)ga
  • tijorat tashkilotlari uchun 460 so‘mdan 820 so‘mga (178,2 foiz)ga o‘sishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi bosqichida. 

Bundan avvalroq Navoiy va Samarqand viloyatlarida ham ichimlik suvi narxi qimmatlashishi kutilayotgani haqida xabar qilingandi.

Top