15:57 / 16.12.2020
3114

Yevroittifoqda koronavirusga qarshi emlash qachondan boshlanishi ma'lum qilindi

 21 dekabr kuni Yevropa dori vositalari agentligi YeIda BioNTech va Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqadi.

Foto: Picture Alliance

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeI aholisi koronavirusga qarshi qachondan boshlab emlanishini ma'lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeIda bir hafta ichida koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat beriladi. Shundan so‘ng zudlik bilan ommaviy vaksinatsiya boshlanadi.

21 dekabr kuni Yevropa dori vositalari agentligi YeIda BioNTech va Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda 14 dekabrda Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Avvalroq Saudiya Arabistonining oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitar nazorat boshqarmasi Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasining ro‘yxatga olinishi va qo‘llanishini ma'qullagandi.

Mavzuga oid
Top